Biotexnologiya kafedrasida soxa mutaxassisi bilan uchrashuv.

12.09.2019, 15:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 206

Biotexnologiya kafedrasida taxsil olayotgan talabalarni kasbga yo‘naltirish maqsadida  12 .09. 2019-yil sanasida Akademik S.Y.Yunusov nomidagi o‘simlik moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimi, sobiq biotexnologiya mutaxassisligi bitiruvchisi t.f.d. Xalilov R. M. bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda o‘quv uslubiy bo‘lim boshlig‘i, katta o‘qituvchi N.A. Abzalova, Biotexnologiya kafedrasining mudiri, dotsent X.T.Zairova va kafedra professor o‘qituvchilari hamda biotexnologiya, sanoat farmatsiya yo‘nalishi 1,2,3 – bosqich talabalari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda t.f.d. R. M. Xalilov  talabalarga Akademik S.Y.Yunusov nomidagi o‘simlik moddalari kimyosi instituti haqida va u yerda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalari, erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek R.Xalilov o‘zining olib borgan ilmiy izlanishlari va erishgan muvaffaqiyatlari haqida so‘zlab berdi. Talabalar tomonidan R.Xalilovga savollar berildi.

     

     

     

     

Biotexnologiya kafedrasi