Dori turlari texnologiyasi kafedrasida soha mutaxassislari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv hisoboti

09.09.2019, 15:20 Institut yangiliklari, Yangiliklar 312

Dori turlari texnologiyasi kafedrasida taxsil olayotgan  talabalarni  kasbga  yunaltirish  maqsadida  09.09.2019 yil “Dori turlari texnologiyasi” fanidan kafedra dotsenti Rizaeva N.M.ning Farmatsiya yo‘nalishi 3kurs  kasb ta’limi yo‘nalishi  talabalariga bo‘lib o‘tgan  ma’ruzasiga MChJ “Nobel pharmsanoat”  qo‘shma el korxonasi sifat bo‘yicha direktori Sharipov Shamshod To‘xtaevich taklif  etildi. Uchrashuv Toshkent  farmatsevtika   instituti   2 binosida bo‘lib  o‘tdi. Unda Sharipov Sh so‘zga  chiqib,  farmatsiya soxasida bo‘layotgan muhim o‘zgarishlar to‘g‘risida  qiziqarli  ma’lumotlarni  keltirdi hamda fanning  dolzarbligi, talabalarni kasbga  to‘g‘ri  yo‘naltirish  uchun  zarur  bo‘lgan  maslahatlarni  berdi.