Mustaqillik oliy ne’mat

03.09.2019, 18:17 Institut yangiliklari, Yangiliklar 365

Mustaqilligimizning  28 yillik bayramiga keng ko‘lamda tayyorgarlik ishlari olib borildi. Respublikamizning har bir shahar va tumanlari, chekka qishloq joylarida bayram yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Shu bilan birga barcha tashkilot va muassasalarda ham shu tarzda nishonladi. Jumladan Toshkent farmatsevtika instituti a’zolari bayram shodiyonosini  2019 yil 1 sentabr kuni Toshkent shahridagi “Furqat” bog‘ida a’lo kayfiyatda kutib oldilar. Institut jamoasi turli noz-u nematlarga boy dasturhon yozib, milliy taomimiz osh tayyorlab bog‘ga tashrif buyurgan mexmonlarni ushbu dasturhonga taklif etdilar. Bag‘rikeng xalqimizning shodiyona kunlari, urf-odatlarimiz bilan go‘zaldir.

     

     

     

           

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova