Talabalar uchun yangi turar joy barpo etilmoqda

29.08.2019, 20:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 612

Institutda olib borilayotgan ulkan rekonstruktsiya ishlari hanuz davom etmoqda. Avvalgi sanoat-farmatsiyasi fakulteti binosi bugungi kunda talabalar turar joyiga aylantirilmoqda.Hozirda binoda  ta’mirlash ishlari avjida. Binoning tashqi qismi esa deyarli tayyor holga keltirildi. Ichki qismida esa oktyabr oyiga qadar ta’mirlash davom etishi kuzatilmoqda. Bu sayi harakatlar zamirida yoshlar uchun yarailayotgan yana bir imkoniyatlar va qulayliklar turadi.  Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash bugunning eng muhim vazifalaridan biridir.

     

     

     

     

     

Institut  matbuot kotibi  N.L.Usmanova