Yangi dori vositasi kashf  qilindi

28.08.2019, 19:56 Institut yangiliklari, Yangiliklar 614

Jahonda  diuretik  dori vositalari  asosan yurak-qon tomir patologiyalarida qo‘llaniladi.  Shunday dori vositalar qatorida yana bir  yangi dori vositasi  yaratildi. 2019-yil  28-avgust kuni soat 12:00  da Toshkent farmatsevtika institutida A.Sultonov nomli O’zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tekshirish institutining kichik ilmiy xodimi Xudoyberdiyev Olloqul Isoqovichning 15.00.01.–Dori  texnologiyasi ixtisosligi bo’yicha  farmatsevtika  fanlari  falsafa  doktori  (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Mahalliy dorivor o’simlik xomashyosi asosida diuretik “Ekustim” dori vositasini olish texnologiyasi” mavzusidagi dissertasiya himoyasi DSC.27.06.2017.FAR.32.01 raqamli ilmiy kengashi  bo‘lib o‘tdi.     Mazkur dori vositasining tarkibi  8 xil mahalliy dorivor o‘simlik xomashyosi: dala qirqbo‘g‘imi o‘ti, tukli erva o‘ti, yantoq o‘ti, yer bag‘rlagan temirtikan o‘ti, tubulg‘ibargli bo‘ymodaron o‘ti, bodring urug‘lari, makkajo‘hori popugi, qizilmiya ildizi quruq ekstraktlari kombinatsiyasidan tashkil topgan. Mazkur yaratilgan dori vositasi xalqimiz salomatligini yanada tiklashga yordam beradi.

Xudoyberdiyev Olloqul Isoqovichning PHD himoyasi bilan institut jamoasi nomidan tabriklaymiz va kelajakdagi ishlarida omad tilaymiz.

     

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova