Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yig’ilish tashkil etildi

27.08.2019, 19:11 Institut yangiliklari, Yangiliklar 247

2019 yilning 27-avgust kuni institut Katta faollar zalida institut  rektori Alimdjanov Ibrohim  Inamovich tomonidan yig’lish bo’lib o‘tdi. Mazkur yig’lishda institutning barcha rahbar xodimlari va kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Majlisni institut rektori kirish so‘zi bilan ochib berdi va yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayramining 28 yilligi bilan barchani muborakbod etdi. Shuningdek instituda samarali xizmat qilgan  ilmiy rahbar va professorlarga ya’ni Komilov Xo‘jasror Ma’sudovich, O‘rmanova Flyura Faridovna,Yunusova Holida Mannanovnalarga institut  rektori tashakur bildirib pul mukofoti bilan taqdirladi. O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Yo‘ldoshev Zokirjon Abidovich hamda ilmiy va innovatsion loyihalar bo‘yicha prorektor  Normaxamatov Nodirali Soxobataliyevich o‘rtaga qo‘yilgan masalalar  yuzasidan  ma’ruza  o‘qidilar. Shu bilan bir qatorda institut rekotri tomonidan kafedra mudirlariga va bo‘lim boshliqlariga yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan topshiriqlar  berildi.

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova