Institutda yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari avjida

20.08.2019, 16:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 616

Yangi o’quv yilida talabalarni ko’plab yangiliklar, o’zgarishlar kutmoqda. Talabalarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida institutda ulkan rekonstruktsiya ishlari davom etmoqda.
Toshkent farmatsevtika instituti hududida joylashgan mini futbol maydoni o’rniga manzarali o’simliklar va gullar ekilib, kichik hiyobon tashkil qilish jarayoni avjida. Ayni damda hiyobon yeri tekislanib, bruschatkalar qo’yilib, loyiha bo’yicha qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu kabi amaliy ishlardan asosiy maqsad yoshlarni har tomonlama bilimli, zamonaviy fikrlaydigan va yurtimiz rivojiga munosib hissa qo’shadigan, fidoiy farmatsevtik kadrlar etib tarbiyalashdir.

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova