Institut faol talabalari umumxalq hashariga o’z hissalarini qo’shdilar

17.08.2019, 17:23 Institut yangiliklari, Yangiliklar 517

Azaldan xalqimizda bayramlarga katta tayyorgarlik ko‘rilib, ko‘chalar, mahallalarni obod qilishga, yon-atrofni ozoda, pokiza, tartibli, saranjom holda saqlashga jiddiy e’tibor qaratilgan.
Toshkent farmatsevtika instituti faol talabalari bugungi umumxalq hasharida institut hududida va Mirobod tumani Sariko’l mahallasida joylashgan “Yopiqli ota” qabristonidagi obodonlashtirish ishlarida faol qatnashdilar. Ota-bobolarimizdan qolgan an’ana, qadriyatlarni, vatanga bo’lgan muhabbat va yashab turgan joylarni obod qilish har birimizni burchimiz ekanligini yana bir bor namoyon etdilar. Shuningdek institutda ham erta tongdan obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

     

     

     

     

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova