Barcha oliy ta’lim muassasalari tarbiyachi- pedagoglari uchun o‘quv seminari tashkil etildi

15.08.2019, 20:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 311

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2019 – yil 12 – avgustdagi  87-04-1506-sonli xati  ijrosini   ta’minlash maqsadida  2019 – yil 14-17 – avgust kunlari tarbiyachi-pedagoglar  uchun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘tkazilayotgan o‘quv seminarida Toshkent farmatsevtika instituti pedagogi N.Yusupovaning ishtiroki ta’minlandi. Seminarning 1 kunida  tarbiyachi pedagogning vazifalari, faoliyati, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli  tashkil etish bo’yicha 5ta muhim tashabbus yuzasidan ma’ruzalar o’qildi. Seminarning  2 – kuni tongda  barcha seminar qatnashchilari uchun badantarbiya mashqlari tashkil etildi. Shuningdek kun davomida OTM pedagoglarining  tarixiy qadamjolar va muzeylarga tashrifi amalga oshirildi.

     

     

     

     

Institut  matbuot kotibi  N.L.Usmanova