Talabalar turar joyida  ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda

06.08.2019, 15:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 483

Yurtimizdagi barcha oily ta’lim muassasalarida bir  qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu o’rinda Toshkent  farmatsevtika institutida  ham rekonstruktsiya va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari  davom etmoqda. Talabalar turar joyida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari bugunda yakunlanish arafasida. Barcha qavatlarga yangi deraza-romlar o’rnatildi, pol qisimlari, yo’laklar qayta ta’mirlandi. Oshxona, yuvinish xonalariga  yangi anjomlar o’rnatildi. Hozirda talabalar turar joyiga institut ma’muriyati tomonidan 2019/2020 o‘quv yili uchun xonalarni taqsimlash  faoliyati davom etmoqda. Taqsimlash jarayonini amalga oshirish uchun komissiya a’zolari tuzilgan. Ishchi guruh talabalardan arizalarni 2019 yil 5 avgustdan 10 avgustga qadar qabul qiladi va xonalarni taqsimlaydi.

     

     

Institut matbuot  kotibi N.L.Usmanova