Tillar kafedrasiga  biriktirilgan xonalarda ta’mirlash ishlari yakunlanmoqda

02.08.2019, 16:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 360

Institut kafedralari o‘zlariga biriktirilgan xonalarda ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Bir nechta kafedralar deyarli ta’mirlash jarayonlarini yakunlash bosqichidalar. Bugun Toshkent farmatsevtika institutining “Tillar” kafedrasida amalga oshirilgan ta’mirlash jarayoni haqida ma’lumot taqdim etadigan bo‘lsak, mazkur kafedraga Toshkent farmatsevtika  instituti  qoshidagi akdemik litsey  binosining 7-8 qavatlari o‘quv xonalari sifatida foydalanish  uchun topshirildi. Kafedra a’zolari tomonidan  bugunga qadar ushbu qavatlardagi  xona jihozlari chiqarilib, o’quv xonalariga aylantirildi. Shuningdek barcha xonalar qayta ta’mirlandi. Mazkur suratlarda xonalarning avvalgi hamda ta’mirdan chiqarilgan holati aks etgan.

     

     

     

     

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova