Institut hududida dam olish maskani barpo etilishi rejalashtirildi

26.07.2019, 14:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 293

Toshkent farmatsevtika instituti hududida joylashgan mini futbol maydoni o’rniga manzarali o’simliklar va gullar ekilib, kichik hiyobon tashkil qilish jarayoni boshlab yuborilgan edi. Bugungi kunda maydonda ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Dastlab maydonning panjaralari va sun’iy o’t qoplamasi 3-bino hududidagi futbol maydoniga ko’chirildi. Ayni damda hududda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Yangi o’quv yilida ushbu hiyobonda talabalarning bo’sh vaqitlarini mazmunli tashkil etish hamda ularga yanada qulayliklar yaratish maqsadida o’rindiqlar tashkil qilinib, shahobcha faoliyat ko’rsatishi rejalashtirilmoqda. Quyidagi sur’atda maydonda 2019 yil 26 iyul kuni olib borilayotgan ta’mirlash ishlari ko’rsatilgan.

     

 

Institut  matbuot kotibi N.L.Usmanova