Institutda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

23.07.2019, 13:30 Institut yangiliklari, Yangiliklar 341

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yosh avlodni bilimli, jismonan sog‘lom va yuksak ma’naviyatli insonlar etib voyaga yetkazishga xizmat qilmoqda. Bu borada yurtimizdagi barcha Oliy ta’lim muassasalarida ham keng ko’lamli  ishlar amalga oshirilmoqda.  2019 yil 22 iyul kuni soat 17.00 da institut kichik faollar zalida Toshkent farmatsevtika instituti rektori Alimdjanov Ibrohim Inamovich  rahbar xodimlari, bo‘lim boshliqlari  va kafedra mudirlari o‘rtasida yig‘lish tashkil etdi. Mazkur yig‘lish 2019-2020 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish ishlari hususida bo‘ldi. Yig’ilishda kafedra mudirlari yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, har bir kafedraga biriktirilgan auditoriyalarda bajarilgan ta’mirlash ishlari  yuzasidan  institut rektoriga hisobot berdilar.

Institut  matbuot kotibi  N.L.Usmanova