Talabalar turar joyida  ta’mirlash ishlari davom etmoqda

19.07.2019, 12:37 Institut yangiliklari, Yangiliklar 217

Talabalar turar joyida  ta’mirlash ishlari davom etmoqda

     Hammamizga ma’lumki prezidentimiz  tomonidan biz yoshlarga juda ko`p imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo‘lmadi. Unda alohida bo‘lim davlatning yoshlar siyosatini takomillashtirishga bag‘ishlangan. U O‘zbekistonning 10 million fuqarosi yoki mamlakat aholisining 31 foizini tashkil etuvchi yoshlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini  oshirishga qaratilgan bir qator ustuvor vazifalarni qamrab oladi.Shunday ekan bilimli salohiyatli yoshlar safini yanada kengaytirish maqsadida yurtimizdagi barcha oily ta’lim muassasalarida bir  qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan Toshkent  farmatsevtika institutida  ham rekonstruktsiya va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ishlari  avjida. 2019 yil 19 iyul kuni institutning fidoiy talaba yoshlari talabalar turar joyida ta’mirlash ishlarini erta tongdan yana davom ettirmoqdalar. Mazkur ta’mirlash ishlarida nafaqat institut talabalari balki rahbariyat va institut professor-o’qituvchilari ham o’z hissalarini qo’shmoqdalar.

                             

     

Institut matbuot  kotibi N.L.Usmanova