Qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida yig’lish bo‘lib o‘tdi

18.07.2019, 18:10 Institut yangiliklari, Yangiliklar 282

Qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida yig’lish bo‘lib o‘tdi

   Ilm-fanning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobiliyatlarini to‘liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno  emas. Bugun O’zbekiston yoshlari uchun keng imkoniyatlar, imtiyozlar va qulayliklar yaratilgan.Toshkent farmatsevtika institutida ham bugungi kunda qator keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Institutda rekonstruktsiya ishlari bilan bir qatorda qabul komissiyasi ham tinimsiz faoliyat yuritmoqda. Hozirda institutda magistratura yo’nalishi bo’yicha hujjatlar qabul qilinmoqda. 2019 yil 18 iyul kuni  soat 15.30 da institut rektori I.I.Alimdjanov qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida yig’ilish tashkil etdi. Yig’ilishda ortaga qoyilgan qator masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordi va  hodimlarga ortaga qoyilgan masalalar yuzasidan topshiriqlar berdi.

      

Institut  matbuot  kotibi N.L.Usmanova