Institutning 2-o’quv binosi qayta  ta’mirlash jarayonida

18.07.2019, 16:34 Institut yangiliklari, Yangiliklar 353

Institutning 2-o‘quv binosi qayta  ta’mirlash jarayonida

     Institutning sanoat-farmatsiyasi fakulteti ya’ni 2-o’quv binosi ham institutning boshqa binolari singari qayta ta’mirlanmoqda. Dastlab ushbu binodagi mavjud kafedralar 1-o’quv binosi va akademik litseyga ko’chirildi. Hozirgi kunda  sanoat-farmatsiyasi  binosida ta’mirlash  ishlari boshlab yuborilgan. Bino 4 qavatdan iborat bo’lib, tom qismi yangilanib, har bir qavat  yo‘laklari va auditoriyalarda suvoq, rang berish  ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda eshiklar, oyna va romlarni  yangilash rejalashtirilgan. Shuningdek ushbu bino hududida  joylashgan oshxona ham qaytadan tamirlanadi. Elektr ta’minoti va sanuzellar, suv ta’minoti bilan ta’minlash qurilmalari ham tubdan yangilanishi rejalashtirilmoqda. Institutimizda bunday ulkan rekonstruktsiya ishlarini olib borishdan maqsad talaba  yoshlarning  ilm olish jarayonida yanada qulayliklar yaratishdir.

     

     

    

    

                                                                                                                              Intitut matbuot  kotibi  N.L.Usmanova