“Ta’lim muassasalalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari”

12.07.2019, 19:15 Institut yangiliklari, Yangiliklar 318

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida korrupsiyaning xavf-xatarlarini tahlil qilish asosida, aholining keng qatlamlarini xabardor qilish va ong-bilimlarini oshirishda maqsadli tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, imkoniyat yaratuvchi sabablar, shart-sharoitlar va oqibatlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019 yil 12 iyul kuni soat 14-00 da Toshkent farmatsevtika institutining kichik majlislar zalida institut professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Ta’lim muassasalalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida davra suhbati  o‘tkazildi. Tadbirni institut rektori Alimdjanov Ibrohim Insamovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda  institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Yuo‘ldashev Zokirjon Abidovich, rahbar hodimlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etidilar. Tadbirga  tashrif buyurgan  Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga  qarshi  kurashish qo‘mitasi raisi B.J.Matmurodov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi korrupsiyasiga qarshi kurashish boshqarma prokurori S.S.Mamanov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i O.X.Bazarov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i X.Eshov mavzu yuzasidan so‘zga chiqdilar.

Dunyodagi barcha mamlakatlar taraqqiyotiga salbiy ta’sir etayotgan illatlardan biri — korrupsiyadir. Korrupsiya — mansabdor shaxslarning, davlat xizmatchilarining o‘z xizmat vazifalarini suiiste’mol qilishlari, mansab vakolatidan  foydalanib, jinoyat olami vakillariga vositachilik qilishlaridir.Shuningdek korrupsiya va poraxo‘rlik davlatni ich-ichidan yemiradigan kuch ekanligi barchaga ma’lumligi  bugungi kunga kelib jinoyatning bu turi global muammo kasb etayotgani hususida ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir “Yoshlar” telekanali hamda “Yoshlar” radiosi  orqali yoritiliishi rejalashtirildi.

     

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova