“O‘zbekiston jannatmakon diyor”

12.07.2019, 13:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 213

2019 yil 10 iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chimyon amaliyot bazasida institut Farmatsiya fakulteti 3 kurs talabalari o‘rtasida tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish va dorivor o‘simliklarni yetishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida suhbat tashkil etildi. Tadbirda Farmakognoziya kafedrasi o‘qituvchilari M.A.Xodjaeva, ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi A.Tugalov hamda DVS va SM kafedra dotsenti I.Iminovalar ishtirok etib, “Tabiatni asrang, avaylang”, “O‘zbekiston hududida uchrovchi dorivor o‘simliklar”, “O‘zbekiston jannatmakon diyor” mavzularida targ‘ibot ishlari olib borildi. DVS va SM kafedra dotsenti xam faol ishtirok etdi.

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nigora AShUROVA