Toshkent farmatsevtika institutida ulkan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda!

12.07.2019, 12:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 205

Yangi 2019-2020 o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish,talaba yoshlarga qulayliklar yaratish maqsadida Talabalar turar joyida ta’mirlash ishlari qizg’in pallada. TTJ ning har bir qavatida suvoq qilish,talabalar xonalari va oshxonalar, xojatxonalar,yuvinish xonalarida ta’mirlash va qayta jihozlash kabi ishlar bajarilmoqda.Ma’lumki bugungi kunda talabalar turar joylarida barcha qulayliklarni yaratish,yoshlar yashashi va bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,mavjud axborot resurs markazi  faoliyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Shularni inobatga olgan xolda zamonaviy qiyofaga ega bo’lgan,talabalarning  ham ma’nan ham jismonan rivojlanishi uchun barcha amaliy ishlar bajarilmoqda. Institut jamoasi bir yoqadan bosh chiqarib ushbu hayrli va savobli,bunyodkorlik ishlariga o’z hissalarini qo’shmoqdalar. Institut yoshlar ittifoqi BT tomonidan “Bunyodkor”yoshlar otryadi tashkil etilgan bo’lib,yoshlar yetakchisi F.Sh.Namozov boshchiligida hozirgi kunda ushbu yoshlar tomonidan bir qancha ishlar bajarilmoqda.Otryad tarkibi kundan kunga ortib bormoqda.Bu esa yoshlarda fidoiylik,vatanga muhabbat va vatanparvarlik tuyg’ularini yanada shakllantirishga,jamoa bo’lib ishlash,mehnat qilish kabi ko’nikmalarini rivojlantiradi. Siz ham hayir ishlarimizga o’z hissangizni qo’shing!

     

     

     

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova