Rahbar xodimlar, kafedra mudirlari o‘rtasida o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil qilindi

09.07.2019, 16:12 Institut yangiliklari, Yangiliklar 389

2019 yil 8 iyul kuni institut rahbar xodimlar, kafedra mudirlari o‘rtasida o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev ishtirokida ochiq muloqot tashkil qilindi. Tadbirda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari, qabul jarayonining olib borilishi hamda “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” ijrosini ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, institut talabalar turar joyida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining olib borilishi, talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida to‘xtalib o‘tildi.

     

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nigora AShUROVA