Toshkent farmatsevtika instituti talabasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov tomonidan 2-darajali diplom bilan taqdirlandi

06.07.2019, 17:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 132

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida  2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 29-bandida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 apreldagi 379-sonli buyrug‘i hamda institut yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining 2019 yil 8 iyundagi 02/205-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida institut talaba-yoshlari  o‘rtasida odam savdosi  bilan   bog‘liq   jinoyatlarning oldini olish maqsadida “Odam savdosi – davr  muammosi” mavzusida  o‘tkazilgan ijodiy   ishlar    tanlov    g‘oliblari aniqlandi. Ushbu  g‘oliblardan Xayrullaev Bexruz Furqat o‘g‘li Respublika miqyosida “Eng yaxshi maqola” yo‘nalishi bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov tomonidan 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

  

Institut  matbuot  kotibi N.L.Usmanova