Sud-kimyo tekshiruvlarida ilg‘or tajribalarni tadbiq etish masalalari

06.07.2019, 17:23 Institut yangiliklari, Yangiliklar 109

Barcha Oliy ta’lim muassasalarida yozgi ta’til bo‘lishiga qaramasdan Toshkent  farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilari o‘z ustilarida tinimsiz  ishlab  malaka almashish bilan band. 2019 yil 5 iyul kuni institutnig Toksikologik kimyo kafedrasi “Sud-kimyo tekshiruvlarida ilg‘or tajribalarni tadbiq etish masalalari” mavzusida  ilmiy-amaliy seminar tashkil etdi. Seminarni institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi.Institut rektori I.I.Alimdjanov qatnashchilarga mazkur seminar  haqidagi fikrlarini bildirib qatnashchilarga omad tiladi. Seminar qatnashchilari o‘zlariga tegishli mavzular yuzasidan ma’lumot  berdilar.Seminarda qatnashganlar: DAS va SM kafedrasi mudiri Jalilov Fazliddin, Toksikologik kimyo kafedrasi mudiri  Usmonalieva  Zumrad O‘ktamovna, Toksikologik kimyo kafedrasi assistenti, erkin tadqiqotchi Sultanova Adolat, Toksikologik kimyo kafedrasi dotsenti Zulfiqorieva Dilnoza, OOO “Avikon Tex” yetakchi mutaxassisi, Salixov Farhod, “RSTEIAM” Toshkent viloyati filiali, sud-tibbiy ekspert kimyogar Nurmatova Malohat,MChJ “Hayot Texnoloji” ilmiy  maslahatchisi Muxamedov Rustam, “RSTEIAM” Toshkent shahar bo‘limi mudiri, sud-tibbiy ekspert Xusanov  Alisher, “Himlabpribor” ish yurituvchi mutaxassisi Saidov Komil, Respublika “STE” ilmiy amaliy markaz kimyo bo‘limi eksperti Axmedjanov Ilhom, RSTEIAM Toshkent shahar bo‘lim mudiri, sud-tibbiy eksperti Nurmatova Marxabo, Respublika STE ilmiy amaliy markaz kimyo bo‘limi  mudiri sud-tibbiy  ekspert Pirmuxammedova  Xilola.

 

Institut  matbuot  kotibi  N.L.Usmanova