“Korean World Trade” kompaniyasi direktori Mr.Gill tashrif buyurdi

2019 yilning  3 iyul kuni soat 10.00 da Toshkent farmatsevtika institutiga “Korean World Trade” kompaniyasi direktori Mr.Gill tashrif buyurdi. Mazkur uchrashuv Koreya davlati fuqarolarining Toshkent farmatsevtika instituti  bakalavr yo’nalishida taxsil olishi xususida bo’ldi. Shuningdek suhbat davomida xorijiy talabalar uchun istitutda yaratilgan sharoitlar, turar joy, o’qish jarayoni,laboratoriyalar,talabalarning darsdan tashqari olib boradigan faoliyati tog’risida to’xtalib o’tildi. Shu bilan birga Koreya universitetida ta’lim olayotgan talabalarni Toshkent farmatsevtika institutiga almashinuv jarayoni xususida ham suhbatlashildi. Ushbu uchrashuvda insitut rektori Alimdjanov Ibrohim Inamovich, o’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektor Yo’ldoshev Zokirjon Abidovich hamda Xalqaro bo’lim boshlig’I Zaripova Nargiza Tolipjanovnalar qatnashdilar.

     

     

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova

04.07.2019, 14:50 165