Yosh izlanuvchilarimiz bugun nima bilan bandlar

03.07.2019, 19:26 Institut yangiliklari, Yangiliklar 278

So‘nggi yillarda Respublikada ilmiy va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiyalash va isloh qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Iqtidorli yoshlarni nufuzli milliy  va xalqaro musobaqalarda hamda tanlovlarda salmoqli natijalarga  erishishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bundan oqilona foydalangan holda yoshlarimiz o‘z yo‘nalishlarida ilmiy-izlanishlar olib borib turli hil ixtirolarni amalga oshirmoqdalar. 2019  yil 3 iyul kuni Toshkent farmatsevtika institutida faoliyat olib borayotgan bir qator ilmiy izlanuvchilarning loyihalari bilan “O‘zbekiston” telekanalining “Innovatsion strategiya” ko‘rsatuvi mualliflari tanishdilar va sura’tga olish jarayonini amalga oshirdilar.

     

Institut matuot kotibi N.L.Usmanova