“O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikning tamoyillari, xususiyatlari va istiqbollari”

02.07.2019, 18:17 Institut yangiliklari, Yangiliklar 369

2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Strategiyasining 1-yo‘nalishi 3-bandi, 2017 yil 27 martdagi “Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2851 sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi №133-farmoyishi (1 va 2-bandi)da belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Milliy universitetidagi PZ-2017093070-sonli loyiha doirasida 2019 yil 14 iyunda O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikning tamoyillari, xususiyatlari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilgan edi. Mazkur konferensiyada Toshkent farmatsevtika instituti yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i N.X.Ashurova “Yoshlar ma’anaviyatini shakllantirishda jamoat birlashmalari va oila hamkorligi” mavzusidagi maqolasi bilan qatnashdi.

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova