Institutda qabul jarayoning olib borilishi tahliliga bag‘ishlab yig‘ilish tashkil etildi

27.06.2019, 15:44 Institut yangiliklari, Yangiliklar 313

Mamlakatimizni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi sharoitda yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bilimli yoshlarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Bu borada yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ma’lumki 2019 yil 15 iyundan 15 iyulga qadar yurtimizdagi barcha Oliy ta’lim muassasalarida abiturientlardan o‘qishga kirish uchun xujjat qabul jarayoni davom etmoqda. Bu borada abiturientlarga OTM larda barcha qulayliklar yaratilgan. Jumladan Toshkent farmatsevtika institutida ham bu borada bir qator amaliy ishlar olib borilib, abiturentlarga qulay sharoitlar yaratilgan.

 Institut rahbari tomonidan tuzilgan qabul komissiyasi a’zolari  ish faoliyatini soat 8.00 dan 18.00 ga qadar daom ettirmoqdalar. Qabul komissiyasi a’zolarining faoliyati institut rektori I.I.Alimdjanov tomonidan nazorat qilinmoqda va har kuni 18.00 da institut rahbari tomonidan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

2019 yil 26 iyun kuni soat: 18-00 da institut rektori boshchiligida qabul komissiyasi a’zolari o‘rtasida yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda institut rektori I.I.Alimdjanov qabul jarayoniga oid me’riy hujjatlar bilan qabul komissiyasi a’zolarini tanishtirib o‘tdi. Shundan so‘ng, qabul komissiyasi mas’ul kotibi F.S.Jalilov hisoboti o‘qib eshittirildi.

 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova