Toshkent  farmatsevtika institutida 2019-2020 o’quv yili uchun davlat grand asosida birinchi talaba qabul qilindi

27.06.2019, 14:14 Institut yangiliklari, Yangiliklar 318

O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 maydagi “Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 375-sonli qarori e’lon qilindi (375-sonli qaror).

Shu sababli 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida yuqorida keltirilgan muassasa xodimlari uchun turli imtiyozlar berilib, ularning farzandlariga maxsus tavsiyanoma berilishi joriy etildi. Unga asoslangan holda 2019 yilda Toshkent farmatsevtika institutiga  hujjat  topshirayotgan abiturientlar orasida  27 iyun kuni maxsus tavsiyanomaga ega birinchi talaba o‘qishga grand asosida qabul qilindi. Talaba Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi kapitan R.X.Bebutov qizi Halimova Dildora. Institut rahbariyati nomidan Halimova Dildora Rashid qizini talabalik bilan muborakbod etamiz. O‘qishlarida omad tilaymiz.

Toshkent  farmatsevtika instituti qabul komissiyasi mas’ul kotibi F.S. Jalilov

hujjatlarni  qabul qilish jarayonida

 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova