Toshkent farmatsevtika institutida qabul jaryoni o’z ishini  boshladi

17.06.2019, 16:21 Institut yangiliklari, Yangiliklar 361

Mamlakatimizni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi sharoitda yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda, bilimli yoshlarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda aytshimiz mumkinki 2019/2020 o‘quv yilida Oliy ta’lim muassasalariga  kirish test sinovlari uchun Toshkent farmatsevtika institutida qabul jarayoni o‘z ish faoliyatini boshladi. Unda institut rektori Alimdjanov Ibrohim Inamovich tomonidan qabul komissiyasi a’zolari biriktitirildi. Qabul jarayoni uchun barcha shart sharoitlar yaratildi. Qabul jarayoniga mas’ullar:

Qabul komissiyasi raisi: Institut rektori I.I.Alimdjanov;

Qabul komissiyasi  rais muovini: Institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori: Z.A.Yuldashev;

Qabul komissiyasi mas’ul kotibi: F.S.Jalilov;

Institut matbuot  kotibi  N.L.Usmanova