Institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nigora Ashurova Oliy va o‘rta maxsus talim vaziri I.Majidov tomonidan “Faxriy yorliq”  bilan taqdirlandi

14.06.2019, 15:52 Institut yangiliklari, Yangiliklar 376

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 martdagi 239-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Oliy ta’lim muassasalalari  talabalari o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi maqolalar tanlovi tashkil etilgan bo’lib mazkur tanlovga hakamlar hayati a’zosi sifatida  Toshkent farmatsevtika institui ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i Ashurova Nigora Xayitovna ham jalb etildi. Mazkur vazifalarni sidqidildan bajarganligi hamda institut miqyosida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovdagi faolligi uchun

Oliy va o‘rta maxsus talim vaziri I.Majidov tomonidan “Faxriy yorliq”  taqdim etildi. Institut raxbariyati tomonidan Nigora Ashurovaning  yutuqlari bilan muborakbod etamiz va kelajakdagi ishlarida omad tilaymiz.

Institut  matbuot kotibi  N.L.Usmanova