5ta tashabus loyihasini amaldagi ijrosi

14.06.2019, 14:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 370

Davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish, bunda, yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga alohida urg‘u berish maqsadida 5 ta muhim tashabbusni ilgari curdi. Shu munosabat bilan Toshkent  farmasevtika instituti Axborot-resur markazi tomonidan  mazkur tashabbusning 3 va  4-bandi  ijrosini amalga oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan institut  talabalar turar joyida yashayotgan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning ma’naviy dunyoqarashini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida  institut  ARMdan  TTJ kutubxonasiga  yangi 48 nomdagi 50 nusha lotin alifbosida nashr qilingan  saviyasi talabga javob beradigan badiiy adabiyotlardan 2019 yil 13 iyul kuni berildi. Bundan tashqari  institut elektron kutubxonasiga elektron ko‘rinishda badiiy adabiyotlar   joylashtirildi.  Xammasi  siz uchun aziz talabalar! Zero Abdurahmon Jomiy xazratlari aytganidek.

Kitobdan yaxshi do‘st yo‘q jahonda,

G‘amxo‘ring bo‘lgay u g‘amli zamonda.

U bilan qol tanho, hech bermas ozor,

Joningga yuz rohat beradi takror.

     

     

ARM mudiri F.N. Xolmuratova