Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi dotsenti Asilbekova Akmaral Jienbekovna Farmatsevtik kimyo kafedrasida “Farmatsiya sohasida ta’limning faol usullari” mavzusida mahorat darslarini tashkil qildi.

06.06.2019, 15:52 Institut yangiliklari, Yangiliklar 430

O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasiga, aqliy salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida mas’uliyatlar yuklangan. Ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar o‘qitish shakllarini optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g‘oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Zero, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish, mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi va tarbiyachilarning ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Shaxsni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib, juda qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda farmasevtik kimyo kafedrasi xodimlariga Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi dotsenti Akmaral Jienbekovna «Farmatsiya sohasida ta’limning faol usullari» mavzusida 2019 yil  31 may kuni mahorat darslarini olib bordi.

     

Farmatsevtik kimyo kafedrasi jamoasi