2019-yilning 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati  bilan “Sen yolg‘iz emassan” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

03.06.2019, 16:05 Institut yangiliklari, Yangiliklar 344

2019-yilning 1-iyun kuni “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi B.X.Boltaeva, qo‘mita a’zolari, Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor – o‘qituvchilari, Murabbiylar kengashi raisi N.Salimsakova, O‘zbekiston Yоshlar ittifoqi institut BT etakchisilari hamda bir guruh faol talabalar tashabbusi bilan “Sen yolg‘iz emassan” shiori ostida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini uyushtirish maqsadida hayriya tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida Mirobod tumanida joylashgan mahallalarga mahalla faollari bilan kam ta’minlangan, yordamga muhtoj, ko‘p bolali oilalarga hamda nogiron farzandi bor oilalarga kirib borildi. Ularning holidan habar olinib, bayram munosabati bilan sovg‘alar berildi.

     

     

     

     

     

Хотин-қизлар қўмитаси