O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov tavalludining 90 yilligi

31.05.2019, 13:01 Yangiliklar 379

Prezidentimiz tomonidan so‘nggi yillarda milliy adabiyotimiz rivojiga alohida e’tibor qaratilib, adabiyotimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan ulug‘ adiblarimizning xotirasiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning adabiy merosini asrab-avaylash. Bularning barchasi nafaqat shoirlarning yorqin xotirasiga, balki adabiyotga, ijodga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtirom belgisi ham hisoblanadi.

Toshkent farmatsevtika instituti ARMda O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov tavalludining 90 yilligi munosabati bilan uning sermahsul ijod yo‘li va qoldirgan ma’naviy merosi haqida talabalar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi. Betakror  iste’dodi, Vatanga muhabbat, vafo va sadoqat tuyg‘usini, olijanob insoniy fazilatlarni yuksak pardalarda tarannum etgan etuk badiiy asarlari, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz hamda madaniyatimiz rivojiga, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga ulkan hissa qo‘shgan ijodkor asarlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagani ta’kidlandi.

Tadbir davomida talabalarga Noorganik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi  katta o‘qituvchisi  R.Sh. Zaripova, assistent N.B. Axmedova, ARM kutubxonachisi Nig‘matjonova Feruza, 1kurs Farmatsiya fakulteti talabasi Abdug‘aforov Muxtor talabalarga taniqli adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinovning ijodidan qiziqarli ma’ruzalari va vidio rolik bilan qatnashdilar. Tadbirda farmatsiya fakulteti-105 “В” gruhi va metrologiya yo’nalishi 101- “В” gruh talabalari ishtirok etdilar. Tadbir 2019 yil 30 may kuni ARMning o’quv zalida bo’lib o’tdi.

     

     

ARM mudiri  F.N. Xolmuratova