Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasining talabalari “Dori vositalarining sanoat texnologiyasi” kafedrasi rahbarligida “LAXISAM Pharmaceuticals ” MCHJ da amaliyot o‘tadilar

25.05.2019, 13:28 Yangiliklar 352

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ijrosini ta’minlash yuzasidan 2 kurs 204 gurux talabalari “Xayot faoliyati xavfsizliga” fanidan tanishuv amaliyoti va Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasining farmatsiya yo‘nalishi 5 kurs talabalari “Dorilarni sanoat texnologiyasi” fanidan ishlab chiqarish amaliyotini “Dori vositalarining sanoat texnologiyasi” kafedrasi dotsenti N.A.Azimova boshchiligida MCHJ “LAXISAM Pharmaceuticals” da o‘tadilar. Amaliyot davrida talabalar shu korxonada ishlab chiqariladigan dori turlari bilan, ularni ishlab chiqarish shart-sharoitlari bilan tanishdilar, dorilarni ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z bilimlarini yanada mustaxkamladilar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

     

DVST kafedrasi