Institutda Talabalar ilmiy jamiyatining  an’anaviy 76-ilmiy anjumani o‘z ishini yakunladi

25.05.2019, 11:24 Yangiliklar 442

2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida hamda “Institut tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 24 may kuni soat: 14 –00 da institutda Talabalar ilmiy jamiyatining  an’anaviy 76 – anjumanining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut farmatsiya fakulteti dekani O.I.Xudoyberdiev kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilgan anjumanda ishtirok etgan talabalarning ilmiy izlanishlari xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek tadbirda hamkor tashkilot vakillari, homiylar jalb etildi. Tadbir jarayonida har bir bo‘limning mutasaddi professor-o‘qituvchilari olib borilgan ilmiy izlanishlar, talabalarning chiqishlari, yangiliklar xususida ma’lumotlar berib o‘tildi. Barcha bo‘limlarda talabalar tomonidan tayyorlangan ma’ruzalar zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda noan’anaviy tarzda, yosh ishtirokchilarning faolligi bilan ko‘zga tashlandi. Shundan so‘ng anjumanda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar estalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqqdirlandi. Shuningdek, anjumanda faol ishtiroki uchun bir qator talabalar fahriy yorliqlar taqdim etildi.

Anjumanda talabalar tomonidan tayyorlangan ilmiy ishlar, loyihalar ko‘pchiligi keyinchalik amaliyotga tatbiq etilib, yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga – keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirishga zamin hozirlaydi.

     

     

     

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi