Institutda Talabalar ilmiy jamiyatining an’anaviy 76 – anjumani o‘z ishini boshladi

23.05.2019, 16:17 Institut yangiliklari, Yangiliklar 423

2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida hamda “Institut tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 23-24 may kunlari institutda Talabalar ilmiy jamiyatining  an’anaviy 76 – anjumani tashkil etildi. Anjuman o‘z ishini 2019 yil 23 may kuni soat: 9-30 da o‘z ishini boshladi. Tadbirni institut rektori I.I.Alimdjanov kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘tkazilayotgan anjumanning asosiy maqsad va vazifalari xususida ma’lumotlar berib o‘tdi.  Mazkur Talabalar ilmiy jamiyatining  anjumani 1943 yildan buyon tashkil etilib kelinmoqda. Toshkent farmatsevtika institutida  talabalar ilmiy jamiyati anjumanini o‘tkazish har yili an’anaga aylanib ulgurgan.  Anjuman keng doirada, ya’ni 8 ta maxsus ajratilgan bo‘limlarda tashkil etildi. Barcha bo‘limlarda talabalar tomonidan tayyorlangan ma’ruzalar zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda noan’anaviy tarzda, yosh ishtirokchilarning faolligi bilan ko‘zga tashlandi.

Anjumanda talabalar tomonidan tayyorlangan ilmiy ishlar, loyihalar ko‘pchiligi keyinchalik amaliyotga tatbiq etilib, yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga – keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirishga zamin hozirlaydi.

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi