Farmakognoziya kafedrasi o’qituvchilari tomonidan Yunusobod tumanidagi 86-sonli maktabga tashrif buyurildi va  o’quvchilarga «Yoshlarni kasbga yonaltirish» mavzusida davra suhbati o’tkazildi

23.05.2019, 15:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 175

2019-yil 17-may kuni Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi o‘qituvchilari Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi №86-maktabga tashrif buyurishdi. Tashrif chog’ida 9, 10, 11-sinf o’quvchilari va maktab o’qituvchilari ishtirokida «Yoshlarni kasbga yonaltirish», hamda «Mening kasbim – mening faxrim» mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Kafedra dotsentlari N.T.Farmanova, D.Q.Po’latova va assistentlari  M.Sh.Ikramova, Sh.R.Xalilovalar tomonidan do’rivor o’simliklar asosida tayyorlangan gerbariylar ko’rgazmasi tashkil etildi. Davra suhbatida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan  savollariga javob oldilar.

     

     

     

Farmakognoziya kafedrasi