“Yоsh kitobxon”

23.05.2019, 15:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 358

Inson hayoti uchun eng zarur narsalar qatorida birinchi non bo‘lsa, ikkinchisi kitobdir. Non insonning moddiy ehtiyojini qondirsa, kitob ma’naviy boylik, o‘zlikni anglash, eng muhimi insoniy tarbiyaning muhim manbai bo‘lib xizmat qiladi. Aynan tarbiyaviy omilning kitobxonlik darajasi bilan bog‘liqligi mutolaa ishining har qanday davrda ham davlat va jamiyat uchun asosiy masala ekanligini anglatadi. Bu o‘rinda mamlakatimizda aholi o‘rtasida, ayniqsa yoshlarda kitobxonlik darajasini oshirish, tarixiy xotira asosida farovon kelajakni barpo qilish yo‘lida qator tadbirlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlash joiz.

Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan bo‘lib  bu tashabbusning aynan  to‘rtinchisi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Ta’lim bershda kitobxonlikka targ‘ibot ishlarinig  o‘rni  alohidadir. Kitobxonlarning  ta’limdan tashqari bщsh vaqtlarida badiiy kitoblar o‘qishi, allomalarimiz qoldirgan ma’naviy meroslarni o‘rganish, donishmandlar o‘gitlarini o‘rganib ularga rioya qilishlari ularning to‘liq ma’naviy etuk mutaxassis bo‘lib etishishlarini kafolatlaydi.

2019 yil 20,21 hamda 22 may kunlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut BT etakchisi, ARM, ATM hamkorligida “Yоsh kitobxon” Respublika tanlovining Mirobod tuman bosqichi o‘tkazildi.  Tanlovga maktab o‘quvchilari va harbiy xizmatdagi yigitlar faol ishtirok etdilar.

     

     

ARM