«Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!»

28.03.2015, 10:23 Institut yangiliklari 357

2015-yil 26-mart kuni soat 12-00 da institut sport o‘yingohida “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Ustoz-murabbiy” kengashi, kasaba uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirda institutning barcha jamoasi, rahbar xodimlar (400 nafar) hamda 28 nafar faxriylar, nuroniylar tashrif  buyurishdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva, “Nihol” mukofoti sovrindori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobulova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Raximxon, “Nihol” mukofoti sovrindori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dildora Niyozova, boshlovchi va xonanda Tolibjon Isroilov, so‘z ustasi, qiziqchi Valijon Shamshiyev, Akademik va xalq badiiy jamoalar direksiyasi xonandalari ishtirok etib, o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan barchani xushnud etdilar.

Tadbir jarayonida institutda bir necha yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan, yosh avlodni milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimizga sodiqlik ruhi bilan tarbiyalashda o‘z mehnati va fidoiyligi hamda ustoz-murabbiylik doirasida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilarni institut “Ustoz-murabbiy” kengashi hamda kasaba uyushmasi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining  taklifiga binoan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

F.I.Sh.

Lavozimi
1

Xaydarov Vosil Rasulovich

Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi mudiri, dotsent

2 Tureeva Galiya Matnazarovna

 Dori turlari texnologiyasi  kafedrasi dotsenti

3 Saidumarova Dilorom Fatxullaevna Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi
4 Farmonova Nodira Taxirovna Farmakognoziya kafedrasi dotsenti
5 Ikromova Go‘zal Muxammadjonovna

 Farmatsevtika ishini tashkil qilishi kafedrasi katta o‘qituvchisi

 

6 Dusmuratova  Feruza Madiyarovna Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
7 Tugalov Axmad Xatamovich Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
8 Karimova Nilufar Salomdjonovna

Tillar kafedrasi o‘qituvchisi 

9 Yusupova Dilfuza Abdujalilovna Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi assistenti
10 Shirinova Feruza Atxamovna

“Ustoz-murabbiy” kengashi kotibasi 

Tadbirda institutda faoliyat olib borgan keksa faxriylar tashrif buyurishdi va ularga ehtirom ko‘rsatilib, bayram dasturxoni tashkil etildi va osh tarqatildi.