Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi va Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash  vazirligi Janubiy Qozog‘iston meditsina akademiyasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari

20.05.2019, 12:04 Yangiliklar 259

13.05.2019. da Toshkent farmasevtika instituti “Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash  vazirligi Janubiy Qozog‘iston meditsina akademiyasi, “Dorilar texnologiyasi” kafedrasi dotsenti farmasevtika fanlari nomzodi Anarbaeva Rabiga Mutalievna bilan birgalikda master klass darslari tashkillashtirildi. Bunda Anarbaeva Rabiga Mutalievna tomonidan “Farmasevtik ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar” mavzusida master-klass darsi o‘tkazildi. Unda “Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va assistent xodimlariga Janubiy Qozog‘iston meditsina akademiyasidagi ta’lim tizimi, talabalarni  baholash, modul sistemasi va unda qo‘llaniluvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar  haqida to‘liq ma’lumot berildi.

     13.05.2019. da Janubiy Qozog‘iston meditsina akademiyasi“Dorilar texnologiyasi” kafedrasi dotsenti farmasevtika fanlari nomzodi Anarbaeva Rabiga Mutalievna va uning talabalari tomonidan Assistent K.R.Ramazonovaning “Dori vositalarining zamonaviy tahlil usullari” fani 5 kurs farmatsiya fakulteti farmatsiya ishi yo‘nalishi 504 A guruh talabalari laboratoriya mashg‘uloti darsiga tashrifi buyurildi.  Tashrif mobaynida ta’lim tizimi, talabalarni baholash, qo‘llanilgan pedagogik texnologiyalar va mavzu yuzasidan o‘zaro ilmiy va amaliy ma’lumotlar almashildi.

Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi