Sportning “Shaxmat”turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblarini muborakbod etamiz

17.05.2019, 21:40 Institut yangiliklari, Yangiliklar 270

2019 yil 16 may  kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat  instituti  hududida joylashgan 5 – bino sport zalida “Shaxmat” sport turi bo‘yicha “Rektor kubogi” o‘tkazildi. Musobaqada ishtirok etgan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Konservatoriya instituti, Toshkent kimyo texnologiya  institutlari bilan Toshkent farmatsevtika instituti talaba yigit-qizlari o‘rtasida “Rektor kubogi”  musobaqasi  bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa jarayoni juda baxslarga boy bo‘lib, har bir jamoa o‘yinchilari o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Yakka tartibdagi uchrashuv natijasiga ko‘ra: 3 – o‘rinni Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti  1- bosqich 103 b guruh talabasi Shamuratova Ozoda va sanoat farmatsiya yo‘nalishi 1- bosqich  106 a guruh talabasi Valieva Ozodaxonlar egalladilar. Umum jamoa hisobi bo‘yicha Toshkent farmasevtika instituti talaba yigit – qizlar terma  jamoasi fahrli  3 – o‘rinni egalladilar. Musoboqa yakunida 1 – o‘rinni egallagan jamoaga kubok va diplomlar bilan taqdirlandilar. 2-3-o‘rinni egallagan talaba yigit-qizlarga diplomlar bilan taqdirlandilar.

     

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi