Sportning “Belbog‘li kurash”  turi bo‘yicha institut talabalarining ishtiroki

17.05.2019, 16:31 Yangiliklar 315

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 oktabrdagi “O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 864-son qarori va vazirlikning 2018 yil 26 oktabrdagi 886-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Universiada-2019” musobaqalarining Toshkent shahri bosqichini o‘tkazilishi munosabati jadvali ishlab chiqildi. Mazkur jadval hamda “Universiada – 2019” nizomiga muvofiq  joriy yilning 15-16 may  kunlari sportning “Belbog‘li kurash”  turi bo‘yicha “O‘zbekiston Milliy Universiteti” sport majmuasida o‘tkaziladigan musobaqada Toshkent farmatsevtika instituti terma jamoamiz faol ishtirok etib keldilar. Musobaqada 13 ta OTM talaba – yigitlari ishtirok etdi. Musobaqada 7 ta toifa vazn og‘irligida bo‘lib,  55 kg vazn toifasida sanoat farmatsiya fakulteti Metrologiya yo‘nalishi 1-bosqich 101 b gr talabasi Nuraliev Mirjahon fahrli 3-o‘rinni egallab diplom va bronza medali bilan taqdirlandi. 90 kg vazn toifasida farmatsiya fakulteti 2-bosqich 204 b gr talabasi Axmedov Elyor 3-o‘rinni egallab diplom va bronza medali bilan taqdirlandi. Musobaqa natijasiga ko‘ra Toshkent farmatsevtika instituti umumjamoa hisobida 47 ochko bilan 6 – o‘rinni egalladilar.

     

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi