QVZ ning saralash bosqichida “Farmed” jamoasi faol ishtirok etdi

17.05.2019, 16:31 Institut yangiliklari, Yangiliklar 339

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusning birinchisi ya’ni, yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishni oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadidagi sa’y harakatlar davom etmoqda.

Jumladan “Quvnoqlar va zukkolar”ko‘rik-tanlovi doirasida, shuningdek uchrashuvlar, mahorat darslari yoshlarda ishtiyoq uyg‘otish bilan birga ularning san’at sohasiga bo‘lgan  qiziqishlarini oshirmoqda.

Ma’lumki oliy ta’lim muassalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichi o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbir 2019 yil 16 may kuni 15-00da O‘zbekiston milliy universitetining Yoshlar saroyida bo‘lib o‘tdi. Bo‘lib o‘tgan tanlovda Toshkent farmatsevtika institutining “Farmed” jamoasi, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Sharq” jamoasi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Targ‘ibot” jamoasi, Olmaliq shahar TDTU filialining “Maksimal” jamoasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi BTning “Yoshlik” jamoalari ishtirok etdi. Unda jamoalar tomonidan bugungi kunda uchrayotgan turli ijtimoiy muammolarni hajviy  sahna ko‘rinishlari orqali namoyish etildi. Qiziqarli jarayonlar bilan boyigan bellashuvning bu bosqichida, “Farmed” jamoasi final bosqichiga yo‘llanmani saqlab qolgan holda 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Maksimal” jamoasi 2-o‘rinni va “Targ‘ibot” jamosi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Toshkent farmatsevtika institutining “Farmed” jamoasida ishtirok etgan quyidagi talabalar jumladan, A.J.Choriev, O.O.Sattorov, S.Z.Rasuljonov, A.A.Ergashev, A.A.Komilov, A.G‘.Tuxtaevlarga minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi ishlariga omad tilab qolamiz.

     

     

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi