“Janubiy Qozog’iston Tibbiyot akademiyasi” talabalari ishlab chiqarish amaliyotini “Dori vositalarining sanoat texnologiyasi” kafedrasi assisentlari rahbarligida “Tashkent Pharm Glass”  MCHJda  o‘tishdi.

17.05.2019, 14:00 Yangiliklar 332

“Janubiy Qozog’iston Tibbiyot akademiyasi”ning 5 nafar 4 kurs “Farmatsiya” fakulteti talabalari “Dorilarni sanoat texnologiyasi” fanidan ishlab chiqarish amaliyotini «Dori vositalarining sanoat texnologiyasi» kafedrasi assistentlari N.S.Sadikova va Z.A.Zuparovalar rahbarligida “Tashkent Pharm Glass” MCHJda o‘tkazishdi. Amaliyot davrida talabalar ushbu korxonada ishlab chiqariladigan ampula va flakon shishalarini tayyorlanish bosqichlarini, hamda alyumin va rezina qopqoqlar tayyorlanish jarayoni  bilan tanishib chiqdilar. Talabalar ushbu korxonada o’tkazgan amaliyot davomida in’eksion dorilar qadoqlash uchun qo’llaniladigan ampula shishasini tayyorlash jarayoni haqidagi bilimlarini yanada mustahkamladilar va amaliy ko’nikmalarga ega bo’ldilar.

Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi