Toshkent Farmatsevtika institutining  “Ingliz tili fan oyligi ” doirasida maktab bilan hamkorligi

16.05.2019, 16:46 Institut yangiliklari, Yangiliklar 57

2019 yil 15 may kuni Toshkent farmatsevtika instituti va Yunusobod tumanida joylashgan 260-o‘rta maktab o‘rtasida tuzilgan Memorandumga asosan 260-o‘rta maktabda “Ingliz tili oyligi” doirasida tadbir o‘tkazildi. Unda  Toshkent farmatsevtika instituti Tillar kafedrasi o‘qituvchilari M.B.Umarova, U.M.Yunusova, N.S.Karimova va E.Majidovlar ishtirok etishdi. Kafedra o‘qituvchilari institut xodimlari nomidan 260-o‘rta maktab o‘quvchilari uchun 10dan ortiq badiiy kitoblar taqdim qildilar. Ushbu kitoblar maktab kutubxonasi fondiga berildi.

     

     

Tillar kafedrasi