“Ingliz tili oyligi” joriy etildi

16.05.2019, 15:04 Yangiliklar 38

Mamlakatimizda chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan e’tibor yanada ortib bormoqda. Maktablarda va oliy o‘quv yurtlarida ham ingliz tili yanada chuqurlashtirilgan tarzda o‘tilmoqda.

Albatta bugungi kunda yoshlarimiz orasida ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan talab juda ham yuqori. Qaysi sohada bo‘lmasin ingliz tiliga bo‘lgan ehtiyoj seziladi. Chunki, internetda eng ko‘p ma’lumotlar shu tilda berilgan. Yosh avlodni har tomonlama o‘qimishli, madaniyatli, zamonaviy fikrlovchi shaxs qilib tayyorlashda chet, ayniqsa, ing­liz tilining o‘rni juda katta. “Til bilgan el biladi” deb xalqimiz bejizga aytishmagan. Haqiqatdan ham inson qancha ko‘p til bilsa imkoniyatlar eshigi shuncha keng ochiladi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29 martdagi 30-q-q-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 18-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent farmatsevtika institutiga Toshkent shahrida joylashgan bir qator umumta’lim maktablari biriktirilib berilgan. Mazkur biriktirilgan maktablarda institut kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlar doimiy ravishda amaliy ishlar olib borilmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri Tillar kafedrasiga biriktirilgan Yunusobod tuanidagi 260-sonli umumta’lim maktabida “Ingliz tili oyligi” bo‘lib o‘tmoqda. 2019 yil 15 may kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda Tillar kafedrasi katta o‘qituvchilari M.Umarova, U.Yusupova, o‘qituvchilar N.Karimova, E.Majidovlar ishtirok etib, o‘quvchilar o‘rtasida til o‘rganish, yoshlarda nutq madaniyati savodxonligini oshirish va kitob mutolasini rivojlantirishga oid qiziqarli ma’lumotlar berildi. Tadbir jarayonida o‘quvchilar tomonidan sahnaviy ko‘rinishlar namoyish etildi.

     

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi