15 – may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan  2019-yilning 14-may kuni “Oila muqaddas dargoh” mavzusidagi ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

15.05.2019, 17:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 480

15 – may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan  2019-yilning 14-may kuni Institutimizning faollar zalida Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi  hamda Institut tarbiyachi-pedagogi va Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi bilan hamkorligida talaba-qizlar orasida oilani mustahkamlash maqsadida “Oila muqaddas dargoh” mavzusidagi ma’naviy – ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Institut O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Yuldashev Zokir Abidovich ochib berdi va oila atalmish dargohda tarbiyaning o‘rni, turmushning bardavomiyligi saqlashda sabrning ahamiyati haqida gapirib o‘tdilar. Tadbirga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi, Mirobod tumani FXDYo mudiri Qulmatova Gulbahor Baratovna, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Feruza Boboyorova, Oila markazi Mirobod tumani bo‘limi raxbari Xakimova Yoqutxon To‘laganovnalar tashrif buyurishdi. Suhbat davomida talaba-qizlarimizni oilaga tarbiyalash maqsadida nikoh munosabatlarini tartibga solish va uning huquqiy asosslari, oila muqaddas dargoh sifatida, oilada farzand tarbiyasi, qaynona–kelin munosabatlarini tartibga solishda farosat, sabr-toqat, e’tibor, shirin so‘z, muomalaning ahamiyati hususida gapirib o‘tildi. Tadbir qiziqarli va munozarali savol-javoblar bilan boytildi.

      

      

      

Xotin-qizlar qo‘mitasi