TTJ talaba-qizlari bilan bo‘lib o‘tgan majlis

15.05.2019, 16:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 234

2019 yil 14 may kuni Toshkent farmatsevtika institutining 4-binosida soat 16-00  da talabalar turar joyi talaba-qizlarini jalb etgan holda TTJ mas’ul mutassadisi X.Sh.Ilxomov, institut tarbiyachi-pedagogi N.E.Yusupova va murabbiylar kengashi raisi N.S.Salimsakovalar rahbarligida majlis tashkil etildi. Yig‘ilishda  institut tarbiyachi-pedagogi N.E.Yusupova tomonidan vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy-ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlar va talabalarni ongli intizom ruhida tarbiyalash yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek TTJ mas’ul mutassadisi X.Sh.Ilxomov talabalar o‘rtasida tozalikka rioya qilish, ichki-tarib intizom, odob-ahloq qoidalari, talabalarning navbatchiligini tashkil etilishi va ularning vazifalari haqida to‘xtalib o‘tdi. Yig‘ilish yakunida murabbiylar kengashi raisi N.S.Salimsakova talaba-qizlarni loqayd bo‘lmaslik, institutning jamoat ishlarida fidoiylik qilish, o‘z-o‘zini  tarbiyalash kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

     

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nigora Ashurova