“Xotira muqaddas – inson qadri aziz”

14.05.2019, 16:44 Institut yangiliklari, Yangiliklar 167

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4298-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 apreldagi 383-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 9 may kuni “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Yakkasaroy tumanidagi Birodarlik qabristonida o‘tkaziladigan marosimda ishtirok etishga tavsiya etilgan Toshkent farmasevtika institutining 150 kishidan iborat rahbar xodimlari, o‘qituvchilar  va talabalar ro‘yxati shakllantirildi. Shuningdek 9 may kuni soat 700da institut rahbar xodimlari,  o‘qituvchilar  va talabalarning ishtiroki ta’minlandi. Tadbir jarayonida talabalarga yurt tinchligi yo‘lida jonini fido qilgan o‘zbekning mard o‘g‘lonlarining jasurliklari, mardonavorligi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbirda jami 150 nafar rahbar xodimlar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

     

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nigora Ashurova