Institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Normaxamatov Nodirali Soxobatalievich taxsil olgan maktabiga kitoblar sovg‘a qildi.

14.05.2019, 14:02 Yangiliklar 287

Toshkent farmasevtika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori va O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosari Normaxamatov Nodirali Soxobatalievich Namangan viloyati Chust tumani Olmos shaxarchasidagi o‘zi taxsil olgan 21-umumta’lim maktabida «kitobulash»dasturi bo‘yicha mehmon bo‘ldi.

Nodirali Normahamatov qadrdon maktabida ustozlarini, sobiq xamkasblarini ziyorat qilib, o‘quvchilar bilan tanishdi va ular bilan qizg‘in suhbat qurdi. Suxbat davomida, maktab direktori Maxmudjon Boxonov bilan maktabdagi yutuqlar, kelajakdagi rejalar haqida fikr almashildi. Shuningdek maktab kutubxonasiga o‘zi o‘quvchilik davrida qiziqib o‘qigan mashxur adiblar tomonidan yozilgan 20 dan ziyod kitoblarni sovg‘a qildi.

 

Institut matbuot kotibi N.L. Usmanova